16 Iyul 2025 yil 409

Yonida giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 27-iyun kuni DXX tuman bo‘limi va Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan Chortoq tumani, “Bog‘” mahallasi hududida, “Tengdosh” mahallasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan, fuqaro Y.Aning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonida sof og‘irligi 2,0 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech