Elektr toki urishi natijasida ishchi voqea joyida vafot etdi.
Joriy yil 25 sentyabr' kuni Yangiqo‘rg‘on tuman shifoxonasidan tushgan xabarga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi MChJda tumandagi Vodiy MFY Ipakchi ko‘chasida ta'mirlash ishlari bo‘layotgan ko‘p qavatli uyda texnika xavafsizligi yoki mehnatni muxofaza qilish qoidalariga rioya etilishini yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida, shu kuni soat 16:00larda ushbu joyda yollanma ishchi sifatida ishlayotgan Uychi tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni elektr toki urib, voqea joyida vafot etgan.
Yangiqo‘rg‘on tuman STEBning xulosasida, marxumda elektr travma, organizm umumiy aspeksiya, o‘ng qo‘l chap kafti uchi yuzasi elektr tamg‘a ko‘rinishidagi jarohatlar uning o‘limiga olib keluvchi jarohatlar ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati