18 Dekabr 2021 yil 438

Ekspert kriminalistika bo‘limi xodimlari jinoyatchini fosh etdi

Shu yil 12 dekabr' kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 dan soat 18:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyi eshigini buzib kirib, xonadonida bo‘lgan sumkasi ichidan 300 AQSh dollari va 160.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mingbuloq tuman IIB EKB eksperti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida olingan 7 dona qo‘l barmoq izlari Namangan viloyati IIB EKBning shaxsni identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilganda, 2 dona barmoq izlari, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaroni o‘ng qo‘l bosh barmog‘i va ko‘rsatkich barmog‘iga mos kelganligi aniqlanib, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida taxminlar tasdig‘ini topdi.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021yil 14 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech