19 Oktyabr 2020 yil 468

“Dron” oldi-sotdisi amalga oshmay qoldi.

Shu yil 16 oktyabr' kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, shu kuni DXX viloyat boshqarmasi va tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Norin tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan “TELLO” rusumli dron apparatini “Norin avto bozori” darvozasi oldida, Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro oldi-sotti qilayotgan vaqtida xodimlar tomonidan ushlangan.

Fuqaro aviasiyasi agentligining 2020 yil 2 oktyabr' kungi ma'lumotnomada “TELLO” nomli qurilma texnik jixatdan foydalanishga yaroqli ekanligi, mazkur qurilmani ruxsatnomasiz saqlash, olib kirish va undan foydalanish taqiqlanishi, qurilmaga Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga asosan olib kirish, olib yurish, sotish va undan foydalanish uchun ruhsatnoma berilmaganligi, ushbu qurilma foto va videokamera bilan jihozlanganligi sababli uchuvchisiz uchadigan apparatlar turiga kirishligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 16 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 2444-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech