Do‘konni o‘margan ayol qo‘lga olindi.
Shu yil 27 noyabr' kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25 noyabr' kuni soat 15:00 dan soat 16:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs Namangan shahrida joylashgan savdo do‘konidagi temir seyfida bo‘lgan 5.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 28 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati