25 Dekabr 2021 yil 304

#Diqqat e'lon; Namangan viloyatida, IIV rahbariyati tomonidan migratsiya masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkaziladi

Joriy yilning 27 dekabr' kuni soat 11:00 da Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Xodjaev Shuxrat Nigmatullaevich tomonidan, Namangan shahri, Daalatobod tumanida joylashgan Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Tashkil etilayotgan ushbu sayyor qabulda, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalarida fuqarolar qabul qilinadi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech