Davlatobod tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Assalomu alaykum, hurmatli Davlatobod tumanida yashab kelayotgan va tumanimizga tashrif buyurayotgan fuqarolar!
Tuman
prokuraturasi va tuman IIB tomonidan 2025-yilning 1 — choragida qonun
ustuvorligini taʼminlash, qonuniylik va huquq — tartibotni mustahkamlash
borasida tizimli ishlar
amalga oshirildi.
Qonunlar
ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan 40 ga yaqin tekshirishlarda aniqlangan 500 dan
ortiq qonun buzilishi holatlarini qariyb 200 ga yaqin prokuror nazorati
hujjatlari qoʻllash orqali
bartaraf etish choralari
koʻrildi.
Xabaringiz
bor, Prezidentimiz yaratib bergan mutlaqo yangicha tizim, yaʼni 2025-yil
3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
chora -tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-sonli Qarorlari bilan kriminogen vaziyatni kundalik tahlil
qilib, jinoyatlarning omillarini bartaraf etib kelayapmiz.
Taʼkidlash
joizki, joriy yildan bu boradagi prokuror
nazorati keskin kuchaytirildi.
Ushbu
qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida prokuratura, hokimiyat, ichki ishlar
organlari va sohaga maʼsul boʻlgan boshqa hamkor tashkilotlar bilan bir qator
ishlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga
muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish, kriminogen
vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etilib, Qarorning
ijrosi boʻyicha tumandagi Toʻquvchi huquq tartibot maskanida meni bevosita rahbarligimdagi shtab faoliyati
yoʻlga qoʻyildi.
Qaror
ijrosi doirasida tumandagi jami 28 ta mahallaning kriminogen vaziyati ogʻir 8
tasiga masʼul rahbarlar nomma – nom
biriktirildi.
Shuningdek,
tumandagi barcha mahallalarning 34-banddan iborat choraklik manzilli chora —
tadbirlar “yoʻl xaritalari” ishlab
chiqildi va ijroga qaratildi.
Natijada,
28 ta mahallarning 11 (39,3%) tasida jinoyat sodir etilmadi, 14 (50,0%) tasida
esa kamayishiga erishildi.
Joriy
yilning 3 oyida 149 ta jinoyatlar sodir etilib, oʻtgan yilning shu davriga
nisbatan 54 taga koʻpaydi.
Achinarlisi,
ogʻir tan jaroxati yetkazish 1 (0/1) taga, firibgarlik 7 (1/8) taga, oʻlim
bilan bogʻliq YTH 2 (0/2) taga ortib ketgan.
Ortgan
jinoyatlarning salmogʻi kibber usulda oʻgʻirlik va firibgarlik 40 (8) ta hisobiga toʻgʻri keladi.
2025-yilning
3 oyida mahalla hududida 73 ta jinoyat sodir etilib, jinoyatlarning 53 tasi
oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlarni tashkil qilgan va 3 ta (“Halqlar
doʻstligi”, “Yangi tong” va “Umid”) mahalla kriminogen vaziyat boʻyicha “qizil”
toifaga kiritilgan.
Qaror bilan
18-mart kunidan mahallalarda oldini olish mumkin boʻlgan ogʻir va oʻta ogʻir
hamda oilaviy zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlarni kelib chiqish sababli
individual – tanqidiy muhokama qilinib, qatʼiy nazorat va soʻrov
tizimini yoʻlga qoʻyildi va sohada xato va kamchiliklarga
yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qatʼiy prokuror nazorat hujjatlari
qoʻllanilmoqda.
Mahallalarda sodir etilgan 28 ta oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, barchasi boʻyicha xizmat tekshiruv oʻtkazish boʻyicha taqdimnoma, 13 ta holatda intizomiy (11 ta profilaktika inspektori, 1 hokim yordamchisi, 1 ta xotin-qizlar faoli) javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, 12 ta holatda kelgusida shu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ogohlantiruv choralari qoʻllanildi.
Hurmatli fuqarolar!
Tumanda
oilaviy maishiy zoʻravonlikka uchragan 115 nafar xotin qizlarga himoya orderi
berilgan.
Ularning 88
tasi er – xotiniga, 24 tasi qaynona – keliniga, 3 tasi voyaga yetmaganlarga
nisbatan sodir etilgan.
Bu
toifadagi jinoyatlar asosan rashk, ruhiy kasallik, aliment toʻlashdan boʻyin
tovlash va boshqa oʻzaro nizo oqibatida kelib chiqmoqda.
Voyaga
yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib, ularga taʼlim va
tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota — ona hamda yashash va
oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi
kuchaytirildi.
Eʼtiboringizni
qaratishingiz lozim boʻlgan yana bir dolzarb masala — keng muhokamaga sabab
boʻlayotgan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yoʻl — transport hodisalari kundan
kun koʻpaymoqda.
Bu
yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga
qarasak, oxirgi bir yilda tumanda qariyb 10 ta holatda (2024-y. 7 ta, 2025-y. 3
ta) voyaga yetmaganlar tomonidan transport vositalarini olib qochib, yoʻl -transport
hodisalari sodir etilgan.
Jinoyatlarning
2 tasi ijara asosida boshqarib
yurgan voyaga yetmaganlar
hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Umuman
olganda yoʻl — transport hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning oʻzida voyaga
yetmaganlarning 1 nafari vafot etgan, 2 nafari esa ogʻir tan jarohati
olgan.
Joriy
yilning 1-choragida esa, 1 nafar voyaga yetmaganlar vafot etgan, 2 nafari ogʻir
tan jarohati olishgan.
Oʻrganishlar davomida, yoʻl-tarnsport hodisalari sodir etgan maktab oʻquvchilari bilan maktab maʼmuriyati va yoshlar yetakchisi tomonidan tarbiyaviy va profilaktik tadbirlar lozim darajada olib borilmaganligini koʻrsatmoqda.
Hurmatli fuqarolar!
Hurmatli
Fuqarolar endi bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sodir etilgan
korrupsiyaviy jinoyatlar va ularni oldini olish, bartaraf etish toʻgʻrisidagi
ishlarga toʻxtalsam.
Tumanda
2025-yilning 3 oyida 10 nafar shaxslar tomonidan 8 ta korrupsiyaga oid
jinoyatlari sodir etilgan.
Mazkur
jinoyatlarni sodir etgan 10 nafar shaxslarning 2 nafari bank tizimi, 2 nafari
ijro hokimyati, 1 nafari soliq, 2 nafari davlat ulushi boʻlmagan xoʻjalik
yurituvchi subyekt xodimlarini hamda 3 nafari fuqarolarni tashkil etadi.
Tumanda
korrupsion jinoyatlarni kelib chiqish sabablarini tahlil qilish maqsadida ushbu
turdagi jinoyatlar koʻp sodir etilayotgan tashkilotlarda (tuman elektr
tarmoqlari, gaz idoralari hamda tuman tibbiyot birlashmasida) anonim
soʻrovnomalar oʻtkazildi.
Tumanda jinoyatlarga chek qoʻyish va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda ularni bartaraf etish boʻyicha faol hamkorlikka chaqirib, hududlarda targʻibot tadbirlarini oʻtkazib, har bir holatni tuman va viloyat miqyosidagi ijtimoiy tarmoqlarda yoritib kelmoqdamiz.
Hurmatli fuqarolar!
Biz, tumandagi kriminogen vaziyatni yaxshilab, «obod va xavfsiz yurtni» barpo etishda Sizlar bilan faol muloqotga hamisha tayyormiz, bildirilgan fikrlarni atroflicha koʻrib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etishdan manfaatdormiz.
Davlatobod tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati