Dala hovlidan televizor o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.
Joriy yil 6 aprel' kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi tumanda joylashgan dala hovlisida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasida bo‘lgan 1 dona narxi 1.500.000 so‘mlik “Yasin” rusumli televizorini va 1 dona 500.000 so‘mlik ovoz kuchaytirgichlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tuman IIB JQB boshlig‘i va JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, tumanda yashovchi 1988 yilda va 1992 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati