12 May 2025 yil 77

Chust tumani IIB boshlig‘ining tuman aholisiga murojaati

Qadrli otaxon va onaxonlar! Aziz yoshlar! Hurmatli tumandoshlar!

Xabaringiz bor bugungi kunda yurtimizda keng ko‘lamdagi isloxatlar, o‘zgarishlar va yangilanishlar olib borilmoqda. Buni davlat va jamiyat qurilishi, sud va huquq tizimini takomillashtrish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat va boshqa barcha sohalarda ko‘rishimiz mumkin.

Bu o‘zgarishglar eng avvalo xalqimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o‘ylab, milliy manfaatlarimiz yo‘lida amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda ayniqsa aholi tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz mahalla” kabi tamoyillarga qatʼiy amal qilgan holda, qonun ustuvor bo‘lgan muhitni yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Shu jumladan, mamalakatimizda huquq-tartibotni taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini  olish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas,balki butun bir jamoatchilikning,tabir joiz bo‘lsa har bir fuqaromizning burchi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Shuni taʼkidlash joizki, barcha idora va tashkilotlar hamda xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi  kurashish  borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralar natijasida tumanda o‘tgan joriy yilning 1-choragida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar salmog‘i 10 foizga oshishiga yo‘l qo‘yilgan.

Biroq, yaratib berilgan imkoniyatlarga qaramasdan ayrim shaxslar noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa vositalar orqali ularning mol - mulkini  egallashga  urinishmoqda.

Ayniqsa, jahon internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolarga har xir turdagi taʼsir o‘tkazish orqali hisob raqamlaridagi pul  mablag‘larini  egallash holatlari  ko‘plab  uchramoqda.

O‘tgan davrda, tumanimizda 91 ta kiberjinoyatlar, 4 ta firibgarlik holatlari sodir etilib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani buning yaqqol isboti.

Shuningdek, o‘tgan davrda nazoratsizlik hamda taʼlim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagani oqibatida 4 nafar voyaga yetmagan shaxs, 9 nafar yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilganligi tashvishli.

Achinarlisi, oilalardagi muhitni yaxshilash, ayniqsa, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganib, hal etishga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda 4 nafar xotin-qizlar tomonidan jinoyat  sodir etildi.

Bundan tashqari, ayrim fuqarolarimizning beparvoligi oqibatida o‘zlariga tegishli mol-mulklar, texnika vositalari, chorva mollari yoki uy atroflarini qarovsiz qoldirgani oqibatida o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgani ham ayni haqiqat.

Oqibatda, o‘tgan davrda 29 ta o‘g‘rilik, shaxslarning jamiyatda yurish qoidalarini buzib, boshqalarnin sog‘ligiga ziyon yetkazganligi bo‘yicha 2 ta  yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlari qayd etildi.

Shuningdek, yo‘llarda avtomobillar soni kundan kunga ortib, haydovchilarning masʼuliyatini oshirmoqda.

Biroq, ayrim haydovchilar yo‘l belgilari, yo‘l qoidalariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirgani yoki haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqarolarga avtomashinani boshqarishga noqonuniy ruxsat bergani natijasida jami 13, shu jumladan o‘lim bilan bog‘liq 2 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi  ayanchli, albatta !

Hurmatli tumanimiz ahli!

Shu sababli, kelgusida hal etilishi lozim bo‘lgan ko‘plab masalalar borligini barchamiz yaxshi tushunamiz.

Bundan kelib chiqqan holda masʼul idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda quyidagi yangi tadbirlarni amalga oshirish  yo‘lga  qo‘yilganini  maʼlum  qilmoqchiman.

Jinoyatlarning oldini olish, viloyatda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash bo‘yicha kuchaytirilgan ish tartibi  joriy etildi.

Shu maqsadda, mahallalardagi aholi gavjum joylar va ko‘chalarga 200 ta, ko‘p qavatli uylarning hovlilariga 4 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 44 ta, savdo markazlari va bozorlarga 46 ta, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari kirish - chiqish joylariga 24 ta, maktablarning ochiq sport maydonlariga 12 ta yuzni va avtoraqamlarni tanib  oluvchi kameralar  o‘rnatildi.

Mahallalardagi ko‘p qavatli va yakka tartibdagi 221 ta xonadonlar texnik qo‘riqloviga olindi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari oldiga 7 ta  tashvish tugmalari o‘rnatildi.

Shu kabi, mahallalarda 48 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak” va 25 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha”lar tashkil  etildi.

Natijada, mazkur vositalar kirminogen vaziyatni nazorat qilish, sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha shaxslarni tezkorlik bilan izlab topish hamda jinoyatga jazo muqarrarligi taʼminlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Bundan tashqari, sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib, manzilli tadbirlarni belgilash, kunlik  so‘rov va nazorat tizimi yo‘lga  qo‘yildi.

Shu bilan birgalikda, tergov sifati yana-da oshirish bo‘yicha alohida nazorat o‘rnatildi, bu jarayonlarda inson huquq va erkinliklari poymol etilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi.

Qaysi idorada bo‘lmasin, har bir tekshiruv hamda tergov ishi prokuraturaning  kundalik va qatʼiy nazoratida bo‘ladi.

Bundan buyon korrupsiyaga qarshi kurashish borasida barcha davlat va nodavlat tuzilmalari, hokimliklar, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni  yangi bosqichga olib chiqamiz, jamiyatning barcha qatlamlari salohiyatini  birlashtirish yo‘lidan boramiz.

Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishning   barcha choralarini ko‘ramiz.

Aziz Chustlikklar!

Albatta, tumanda jinoyatchilik va korrursiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni taʼminlashda, eng avvalo, mahalla ahli, yoshlar va nuroniy tashkilotlar faollariga, turli mehnat jamoalaridagi jonkuyar va vatanparvar insonlarga, ularning amaliy yordami va hamkorligiga tayanamiz.

Agarda har bir fuqaro viloyatimizni jinoyatdan, korrup-siyadan holi, tinch va xavfsiz o‘lkaga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shsa, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib, birgalikda kurashsak  ko‘zlangan  maqsadga  albatta  erishamiz.

Jinoyatchilikning oldini olishda har birimiz xushyorlikni oshirishimiz, shubhali internet ilovalariga kirmaslik, notanish shaxslarga hisob raqamlar va tasdiqlash kodlarini bermaslik, mol-mulklarni qarovsiz qoldirmaslik lozimligi haqida yana bir bor ogohlantirib o‘tmoqchiman.

Qonunlarga qatʼiy rioya etish, o‘zgalar huquqi, shaʼni va qadr qimmatini, mol-mulki daxlsizligini hurmat qilish, oila mustahkamligini taʼminlash, jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya qilish, ham qonuniy, ham insoniy burchimiz ekanini ham doimo yodda tutishimiz zarur.

Aziz tumandoshlar, keling, barchamiz shu yo‘lda muhtaram Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, qonun ustuvor, adolat hukmron bo‘lgan jamiyatni birgalikda  barpo etaylik !

Chust tumani IIB boshlig‘i M.Dadajonov

Text to speech