Chust tuman prokurori va IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarligida barcha
sohalarda misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush
darajasi keskin oʻsib borayotganiga har birimiz birdek guvoh ham boʻlmoqdamiz.
Prezidentimiz ana shu yangilanish, oʻzgarishlar samarador boʻlishining
kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, buning
uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini tubdan yaxshilashni davlat
siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga
soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bogʻliqdir.
Aziz Chust tuman ahli!
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish
ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Chust tumanidagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir
koʻrsatadi, uning oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari
bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari
joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo
muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib chiqarayotgan
sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir koʻchasida, mahallasida, bozorida, istirohat
bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari koʻrilayapti.
Qadrli yurtdoshlar !
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga
qoʻyganmiz.
2025-yil 3 yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni
yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-son Qarori asosida
jinoyatlarning sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi,
mahallalarni kriminogen darajasida toifalash tizimi, “mahalla yettiligi”
instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning
samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini
shakllantirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish,
kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi,
mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo muvofiqlashtiruvchi
shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 72 ta mahallaning kriminogen
vaziyati ogʻir 6 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirilgan.
Barcha tuman va mahallalarning choraklik manzilli chora-tadbirlar “yoʻl
xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi gavjum
joylarga 223 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 360 daraja aylanuvchi 7 ta,
mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 51 ta, bozor va savdo markazlariga
yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 44 ta, jami boʻlib 300 ga yaqin
kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 82 dan ortiq domofonlar,
uylarning kirish yoʻlaklariga 21 dan ortiq tashvish tugmalari oʻrnatildi, 44 ta
savdo muassasalari va qariyb 325 ta xonadonlar tezkor qoʻriqlovga olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”,
“Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 450 ga yaqin
stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 32 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda 68
ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 185 ta
yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida qidiruvda
boʻlgan 2 nafar, jazodan boʻyin tovlab kelayotgan probatsiya hisobidagi 1 nafar
shaxslar hamda olib qochilgan 1 ta transport vositalari ushlandi. Shuningdek,
bedarak yoʻqolgan 3 nafar shaxslar topilib, 8 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh
etildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida
“qizil” toifada qolgan 6 ta mahallalarning 5 tasida kriminogen vaziyat
saqlanmoqda.
Qarorga asosan hududlarda kriminogen
vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni yoʻlga qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 121 ta oldini
olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror
taʼsir choralari qoʻllanildi.
Hududlarda sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan holda,
2-chorak uchun yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf
etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy etdik.
Bu borada viloyat prokurori farmoyishi qabul qilib, barcha tezkor xodimlar
72 ta mahallalarga nomma-nom biriktirildi.
Har bir sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqilib, tarqatildi.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini
oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda amaliy tadbirlarni ham oʻtkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori”
degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha dastlabki
bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini
oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning 1-choragida 25 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, 325 nafar
shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq eʼtibor
berishi lozim boʻlgan hamkorlik
kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat
qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan
birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham oʻylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga
yaqqol misol boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot
texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi
tashvishli holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari
duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 45,2 foizini axborot texnologiyalari
sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda. Misol uchun, joriy yilning oʻtgan
davrida birgina plastik kartalardan pul mablagʻlarini yechib olish holatlari
yuzasidan 159 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 76 tasi yoki 47,8 foizi
firibgarlik hamda 83 tasi yoki 52,2 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan.
Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet
ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil fyeyk xabarlardan ehtiyot
boʻlishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 5 oyi yakuniga koʻra, yoshlar (24-7),
ayollar (9-2), ishsizlar (8-3), mast holda (5-0), muqaddam sudlanganlar (6-2) ,
guruhlar (4-1), voyaga yetmaganlar (6-0) jinoyatlari ortib ketishiga yoʻl
qoʻyilgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzarliklarga
oilaviy-maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini
bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarda 53 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning
muammolarini hal qilish boʻyicha 50 ta choralar koʻrildi.
Bulardan tashqari, 54 nafar ishsizlardan 11 nafari ishga joylashtirildi,
13 nafari kasbga oʻqitildi, 31 nafari esa, kasbga yoʻnaltirildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham
chetda qolmadi.
Ularning 2 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 3 nafarining bandligi
taʼminlandi, 8 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb
yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning
sabab va omillarini koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib,
ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda
yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining javobgarligi
kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat,
tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 81 nafar bolalar, muntazam dars
qoldiruvchi 21 nafar, tarbiyasi ogʻir 93 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning
152 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona
qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 8 ta
muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga
xavfsizlikni taʼminlovchi 24 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir
boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 7 ta holatda
(2023-y. 3 ta, 2024-y. 3 ta, 2025-y. 1 ta) voyaga yetmaganlar transport
vositalarini olib qochib, yoʻl-transport hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan
2024-yilning oʻzida voyaga yetmaganlarning 1 nafari ogʻir tan jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada keng qamrovli
tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli fuqarolar!
Juda koʻp masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida
ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas,
ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni
bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz
kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik
omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga
moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini
joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va
psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda
jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda
ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning har qanday
koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan
jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Chust tuman prokurori X.U.Xakimov va tuman IIB boshligʻi M.Dadajonov