20 Aprel 2021 yil 885

“Chorsu” mehmonxonasi oldidagi vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat.

Joriy yilning 20 aprel' kuni taxminan soat 10:00larda Namangan shahar “Chorsu” mehmonxonasi atrofida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari shu hududda turgan Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, yigit fuqarolar bilan to‘planib turmaslik, karantin qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha bildirilgan qonuniy talabga bo‘ysunmaganligi sababli, IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan Namangan shahar IIO FMB binosiga olib kelingan. Uning harakatlarida O‘z.Res. MJTK 183,194-moddalarida ko‘rsatilgan xuquqbuzarlik alomatlari borligi, biroq surishtiruv davomida, u voyaga yetmaganligi aniqlanganligi bois yigitning ota-onasiga nisbatan O‘z.Res. MJTKning 47-moddasiga asosan xujjatlar rasmiylashtirildi. 

Shu o‘rinda yana bir bor eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 18 aprel' sanasidan boshlab yurtimizda karantin qoidalari kuchaytirildi. Ushbu qoidalarni mensimaganlarga esa qat'iy chora ko‘rilishi belgilangan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech