26 Oktyabr 2020 yil
455
Bozordan kiyim o‘g‘irlagan ayollar qo‘lga olindi.
Shu yil 23 oktyabr kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, 22 oktyabr' kuni soat 11:00 larda, Chust shahridagi buyum bozorida savdo qilib turgan vaqtida noma'lum shaxs, rasta ustida turgan narxi 1.100.000 so‘mlik ayollar kiyim-kechaklarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi ikki nafar ayol sodir etganliklari aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati