12 Iyul 2021 yil 215

Bog‘da g‘oyib bo‘lgan mol

2021 yil 7 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, shu tuman xududidagi bog‘dan narxi 6.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan
tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech