2 Oktyabr 2021 yil 341

Bir necha jinoyat sodir etib, qochib yurgan shaxs ushlandi.

2021 yil 28 sentyabr kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 184-moddasi 3-qismi va 189-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 2016 yilda O‘z.R JKning 189-moddasi  bilan sudlangan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni Chortoq tuman prokurori o‘rinbosari va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari hamda Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tergovchilari tomonidan Namangan shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech