Bir musht o‘limga sabab bo‘ldi.
Joriy yilning 16 sentyabr' kuni soat 06:00 larda Norin tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro huddi shu tumanda yashagan 1990 yilda tug‘ilgan tanishi 1994 yilda tug‘ilgan jiyani bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib yurganligi yuzasidan o‘zaro janjallashib yigitning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urgan.
Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasida, marhum bosh miya og‘ir yopiq shikasti, bosh miya pardalari ostiga katta xajmda qon quyilishi, og‘ir darajali miya lat yeyishi, miya komasi, lab sohasi qontalash jarohatlanishi oqibatida o‘tkir yurak qon tomir va nafas yetishmovchiligi natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati