3 Iyun 2021 yil 389

Bemor o‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Shu yil 1 iyun kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda birga yashovchi qizining sog‘ligi yomonlashgan uchun tuman shifoxonasining bolalar bo‘limiga davolanish maqsadida borib, davolanish xonasida uxlab yotgan vaqtida ayolning o‘ng qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 750.000 so‘mlik tilla baldog‘ini shu honada birga davolanayotgan, 1996 yilda tug‘ilgan ayol o‘g‘irlab olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Surishtiruv ishlari davomida gumondor shaxs 31-may kuni soat 16:00 larda o‘zi bilan bir xonada davolanayotgan, yana bir ayolning stol ustida turgan karmoni ichidan 240.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab olganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech