15 Sentyabr 2020 yil 461

Bekatdan ko‘mir o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi.

Joriy yilning 03 sentyabr' kuni soat 23:30larda Namangan viloyati IIB Transportda XTB Pop bekatida XTB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida tumanda yashovchi fuqaro bekatlardan birida vagon nazoratchisi bo‘lib ishlaydigan shaxs bilan til biriktirib, Pop-1 bekatining uchinchi yo‘lida turgan usti ochiq yuk vagonidan, 15 (o‘n besh) dona oq yelim qopga solingan 642 kg. ko‘mir mahsulotlarini xech kimdan so‘ramasdan olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech