3 Yanvar 2022 yil 762

Bank xodimi pul o‘mardi

2021 yil 28 dekabr' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zini nomiga rasmiylashtirilgan ATB “Agrobank”ka tegishli plastik kartasidan 45.600.000 so‘m pullarini noma'lum shaxs yechib olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan bank xodimi ekanligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech