15 May 2025 yil
89
Bank plastik kartasidan pullarni o‘zlashtirgan shaxsning qilmishlari fosh etildi
Joriy yilning 8 may kuni, Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 5 mart kuni, Kosonsoy tumani, “Iftixor” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan, fuqaro S.Nning bank plastik kartasidan 2.000.000 so‘m pulini yechib olgan shaxs, Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan, fuqaro B.A ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati