7 Iyun 2025 yil
170
Bank plastik kartasidan pullarni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 23-may kuni Yangiqo‘rg‘on tumani IIB va viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, shu yil 7-mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Ibrat” mahallasida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Mning bank plastik kartasidan 5.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab olgan shaxs, Namangan shahar, “Yangiqurilish” mahallasida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, fuqaro F.S ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati