18 Avgust 2025 yil 92

Bank kartasidan pullarni firibgarlik bilan o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan chora ko‘rildi

Joriy yilning 26-iyul kuni IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi va viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 28-iyun kuni, Namangan shahar, “Yangiasr” mahallasida yashovchi, fuqaro A.Bning bank plastik kartasidan 3.035.000 so‘m pulini yechib olgan shaxslar, Toshkent shahrida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan, fuqaro X.A, 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro O.Sh va 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro T.Sh ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech