10 Noyabr 2020 yil
499
Ayol 1.750 AQSh dollariga chuv tushdi.
2020 yil 18 sentyabr' kuni, Chust shahrida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 sentyabr' kuni, Chust shahrida yashovchi, 2017 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, “Xamkorbank” Chust tuman filialidagi hisob raqamida 43.800.000 so‘m pullari borligini bildirib, pullarini yechish uchun soliq to‘lashi kerakligini aytib, undan jami 1.750 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar pullarni qaytarib bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 23 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati