19 Iyul 2021 yil 377

Avtomashinalarni yuvish shahobchasi tunab ketildi.

2021 yil 14 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarni yuvish shahobchasiga noma'lum shaxs, eshiklari ochiq qolganligidan foydalanib kirib, u yerda bo‘lgan narxi 700 AQSh dollarlik avtomashina yuvish uchun mo‘ljallangan apparatini (karcher) va narxi 150 AQSh dollarlik ko‘pik sepish apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum kilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech