15 Sentyabr 2020 yil 398

Avtomashinalar to‘qnashuvi sabab yo‘lovchi jarohat oldi.

2020 yil 14 sentyabr' kuni soat 09:10 larda, Baliqchi-Jomashuy-Pungon yo‘lining 38 km.da Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan VAZ-2101 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. Natijada VAZ-2101 rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi ayol bosh miya yopiq shikasti, chap umrov suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech