4 Yanvar 2021 yil 475

Avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida “Kobal't” haydovchisi vafot etdi.

Shu yil 3 yanvar' kuni soat 11:30 larda Namangan-Andijon yo‘lining 2 km.da Namangan tumani Eshobod MFY hududida Neksiya rusumli avtomashinani Namangan shahar yo‘nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, o‘zining yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Kobal't rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

Natijada, Kobal't haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Kobal't rusumli avtomashinada bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi (haydovchining oila a'zolari) bosh miya yopiq shikasti, bosh miyani og‘ir darajada lat yeyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi ham tos suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech