4 Aprel 2023 yil 531

Avtomashina oldi-sotdi jarayonlarida firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

 2023 yil 28 mart kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 5 mart kuni, Chust tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro “Nexia” rusumli avtomashinasini 35.000.000 so‘mga sotib olib, 3 mln so‘m pul berib, qolgan pullarni bermay, avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.RJKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech