4 Dekabr 2021 yil 422

Avtomashina g‘ildiraklari g‘oyib bo‘ldi

2021 yil 28 noyabr kuni, Pop tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 noyabr' kuni 21:30 larda noma'lum shaxs, Pop tumani hududida o‘ziga tegishli Neksiya rusumli avtomashinasini narxi 400.000 so‘mlik orqa chap tomon g‘ildiragi o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB TEQKB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech