2 Avgust 2025 yil 350

Avtomashinadan o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarildi

Joriy yilning 14-iyul kuni Pop tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yilning 11-iyul kuni, Pop tumani “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro R.Ini, “Mustaqillik” mahallasi hududida “Spark” rusumli avtomashinasidan 800.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Pop tumani “Chinor” mahallasida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan B.O ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech