6 Noyabr 2025 yil 26

Avtomashinadan o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarildi

Joriy yilning 22-oktyabr kuni Uychi tuman IIB va Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 19-oktyabr kuni, Uychi tumani “Churtuk” mahallasida yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan K.A.ni mahallasi hududida qarovsiz qoldirilgan “Labo” rusumli avtomashinasida bo‘lgan 15.000.000 so‘m va 2.300 AQSH dollari pullarini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Namangan shahar “Zarbdor” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Y.O. ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech