17 Noyabr 2025 yil 116

Avtomashina jihozlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 25-oktyabr kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yilning 9-iyun kuni, Yangi Namangan tumani "Kelajak tongi" mahallasida yashovchi yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan R.B.ni yashash xonadoni tashqarisida bo‘lgan avtomashinasidan narxi 600.000 so‘mlik akkumulyator va narxi 700.000 so‘mlik “Pioner” rusumli avtomagnitolasini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Namangan shahar “Zarbdor” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Y.O. ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech