15 Fevral 2021 yil 215

Avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi.

10 fevral' kuni soat 09:10 larda, Namangan shahar Sardoba MFY Navoiy ko‘chasida ISUZU rusumli avtobusni yo‘l varaqasi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi Navoiy ko‘chasida joylashgan bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirib, eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi, eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan.

Natijada, yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech