22 Oktyabr 2020 yil 1216

Asossiz ayblovga asosli munosabat.

Joriy yilning 22 oktyabr' kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Ichki ishlar xodimlari haydovchiga INNOVASION usulda maska taqtirishmoqchi bo‘lishibdi, usul juda ajoyib” izohi bilan videotasvir tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabati. 

Joriy yil 7 oktyabr' kuni soat 15-35larda Uchqo‘rg‘on tuman “Istiqlol” MFY “Qayqi” ko‘chasida profilaktika inspektorlari A.O‘rinov va S.Dexqanovlar hududni nazorat qilib yurganida, 3 nafar fuqarolar tibbiy niqobsiz gaplashib turganligini ko‘rib, xodimlar ularga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lishganida fuqarolardan biri qochib, o‘zining “Neksiya-2” rusumli avtomashinasiga borib, avtomashinani yurgizmoqchi bo‘lgan. Shunda profilaktika inspektori A.O‘rinov “Neksiya-2” transport vositasi yoniga borib, ushbu fuqaroni avtomashinani yurgizmasdan undan tushishini so‘ragan. Biroq, fuqaro inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Inspektorlar tomonidan uning ism-sharifi so‘ralganda avtomashinadagi fuqaro “Nima sababdan shaxsimni aytishim kerak, men o‘zimni avtomashinamda o‘tiribman” deya ogohlantirish va tushuntirishlarga qaramay bo‘ysunish o‘rniga “Sen xohlasam men bilan birga yotasan deb aytding” ayblovi bilan xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarga tuhmat qilgan. Profilaktika inspektorlari ushbu fuqaroga xizmat xonasiga borishni aytganida qarshilik qilgani, shaxsini tanishtirmaganligi, qonuniy talabga bo‘ysunmagani va karantin tartiblarini buzgani uchun O‘z.Res.MJtKning 40-moddasi, 54-moddasi 1-qismi hamda 194-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy xujjatlar rasmiylashtirilib, Ma'muriy ishlar bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudiga taqdim etilgan.

Shu o‘rinda hamyurtlarimizga murojaat qilmoqchimiz, ayrim blogerlarning asossiz, hech qanday surishtiruv va aniq faktlarga tayanmagan holda tarqatgan materiallaridan xulosa chiqarishga shoshilmay, tanganing ikkinchi tomoni bilan ham qiziqib ko‘ring!

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech