1 May 2025 yil
393
Alimentdan qarzdor bo‘lgan qidiruvdagi shaxs ushlandi
Joriy yilning 26 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Pop tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan, fuqaro O‘.I Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan Chust tumanidan ushlanib, Mingbuloq tuman IIB VSHga joylashtirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati