22 Iyun 2023 yil 221

Hayvon bozorida o‘g‘irlangan pullar egasiga qaytarildi  

2023-yil 18-iyun kuni Namangan tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:45 larda nomaʼlum shaxs, Yangi Namangan tumanida joylashgan “Yoshlik baraka hayvon bozoriga” borgan vaqtida sumkasi va ichida bo‘lgan 200 AQSH dollari hamda 4.200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangi Namangan tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan. Undan ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech