26 Fevral 2021 yil
414
Ag‘darilgan avtomashinaning yo‘lovchisi vafot etdi.
Joriy yil 24 fevral' kuni soat 10:30 larda, Namangan shahar Mexribonlik MFY 1-o‘tish yo‘li Ixlos ko‘chasida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu ko‘chadan oqib o‘tgan “Yangi ariq” arig‘iga ag‘darilib ketgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan mahalladoshi, 1962 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi tan jaroxati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati