14 Iyul 2021 yil 647

YTHda jarohat olgan haydovchi shifoxonada vafot etdi.

Shu yil 12 iyul' kuni soat 15:15larda, Chust-Axcha-Olmos yo‘lining 8 km.da, Chust shahar Mustaqillik MFY hududida, Labo rusumli avtomoshinani boshqarib ketayotgan haydovchi, yo‘lning o‘ng tomoniga to‘xtab, chap tomoniga burilayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan orqada harakatlanib ketayotgan, Damas rusumli avtomoshinani o‘tkazib yubormay, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.
Natijada, Labo avtomoshinasi haydovchisi olgan tan jarohati tufayli shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech