29 May 2021 yil 376

Paynetdan pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.

Shu yil 23 may kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 23 may kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, paynet shahobchasi eshigini buzish yo‘li orqali kirib, 2.470.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tumani IIB JQB katta tezkor vakili, TB tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 11-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu xolat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech