14 Iyul 2021 yil
406
O‘zaro janjalga og‘ir tan jarohati yakun yasadi.
Shu yil 13 iyul' kuni soat 13:30 larda, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol yashash xonadonida birga yashovchi shar'iy turmush o‘rtog‘i, 1947 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan oshpichoq bilan qorin sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati