28 Iyul 2021 yil 335

57 yoshli fuqaro qarovsiz qoldirilgan velosipedni o‘g‘irladi

2021 yil 26 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 16:30 larda noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan o‘quv markazi binosi oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Jaguar” rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech