21 Aprel 2021 yil 627

5 yoshli qizaloq avtohalokatda vafot etdi.

Joriy yil 20 aprel' kuni soat 18:30 larda, Mingbuloq tumani Jomashuy-Tegirmon-Navbahor yo‘lining 4 km.da, Kichik Jomashuy MFY ichki yo‘lida, Neksiya-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech