40 yoshli shaxs velosiped o‘g‘irligi bilan qo‘lga tushdi
2021 yil 7 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 23:00 larda, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan darvoza orqali kirib, hovlisida bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli JQG katta tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati