13 Avgust 2021 yil 371

4 yil avvalgi kelishuv amalga oshmadi.

Joriy yil 28 iyul' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2017 yilda, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Pop tumani hududida joylashgan xususiy g‘isht zavodini 1.100.000.000 so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullar evaziga 2 yil davomida g‘isht mahsulotlarini yetkazib berishga kelishib, 2 yil mobaynida g‘isht mahsulotlarini olganligini lekin shu kunga qadar g‘isht zavodini nomiga o‘tkazib bermayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech