5 May 2023 yil
442
3 yigit qassobxonaga o‘g‘irlikka tushdi
Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 may kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs mahallasida joylashgan qassobxonasiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, uyerda bo‘lgan 20.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakillari va TB tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2004 va 2006 yilda tug‘ilgan 3 nafar yigitlar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan kuni JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati