28 Aprel 2022 yil
623
3- sektorda sayyor qabuli o‘tkazildi.
Norin tumani 3-sektor rahbari U. Abduvaliyev, va hokim yordamchisi bilan birgalikda fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
"Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da rahbarlarning aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari davom etmoqda.
Navbatdagi qabul 3-sektor hududidagi Saodat mahallasida tuman Xalq taʼlimiga qarashli 33-sonli maktabida bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilayotgan fuqarolar qabulida, tumandagi barcha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mutasaddilari ishtirok etdilar.
Barcha murojaatlar 3-sektor rahbari tomonidan eʼtibor bilan tinglandi. Ko‘rib chiqish va hal etish choralari belgilandi.
Ijtimoiy himoyaga muhtojlar xolidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati