2 Yanvar 2021 yil
916
200.000 so‘mga sotilgan sharoit.
2020 yil 13 dekabr' kuni Namangan shahar Davlatobod tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan o‘tkazilayotgan “Antiterror-tozalash” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1969 yila tug‘ilgan ayol yashash xonadonida 200.000 so‘m pul evaziga, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan qiz va Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqarolarni jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati