14 Dekabr 2020 yil
1722
Xonadondagi qimorxona fosh etildi.
Shu yil 10 dekabr' kuni Norin tumani IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan Norin tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida 3 nafar mahalladoshlarini to‘plab, bir guruh bo‘lib, o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati