18 yoshli o‘smir do‘konda o‘g‘irlik sodir etdi.
Shu yil 28 may kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 27 may kuniga o‘tar kechasi, noma'lum shaxs, Kosonsoy tumani markazidagi buyum bozorida joylashgan do‘koni eshigini buzib kirib, umumiy narxi 1.320.000 so‘mlik kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakili va TB tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan yigit sodir etganligi aniqlangan hamda undan daliliy ashyolar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati