11-sinf o‘quvchisi o‘z uyida o‘g‘irlik qildi.
2021 yil 10 sentyabr' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 sentyabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, o‘ziga tegishli bo‘lgan Namangan shahridagi uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, xonadon eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, hovlisida bo‘lgan 3 dona narxi 12.000.000 so‘mlik elektr suv isitish qurilmalarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, arizachini birga yashovchi o‘g‘li, Uychi tumanidagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati