Pop tuman prokurori va tuman IIB boshligʻining murojaati
Aziz yurtdoshlar, tumanimiz axolisi!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita rahbarliklarida
barcha sohalarda misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuz berayotgan shiddatli oʻzgarishlarga, aholining turmush
darajasi keskin oʻsib borayotganiga har birimiz
birdek guvoh ham boʻlmoqdamiz. Prezidentimiz ana shu yangilanish,
oʻzgarishlar samarador boʻlishining kafolati sifatida mamlakatda tinchlik va
osoyishtalikni taʼminlash, buning uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish
tizimini tubdan yaxshilashni davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan
biri darajasiga koʻtardilar.
Zero, bu islohotlarning samarasi barcha sohalarda qonun talablariga
soʻzsiz rioya etishga, jinoyatchilik kabi illatning oldini olishga bevosita bogʻliqdir.
Aziz Pop ahli!
Oʻzbek vatandoshimizmi, chet ellik tadbirkor, sarmoyador boʻladimi,
barcha-barcha, viloyatimizda xususan tumanimizda tinch va osuda, munosib hayot
sharoitlari bilan taminlangan, uning hayoti har qanday jinoiy tajovuz va
tahdidlardan kafolatli himoyalangan boʻlishi shart.
Qonun ustuvorligini taʼminlamasdan, bu vazifaga erishib boʻlmaydi.
“Yangi Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish
ana shunday umummilliy dolzarb vazifaga aylantirildi.
Tumandagi kriminogen vaziyat biznes muhitiga katta tasir koʻrsatadi, uning
oʻziga xos, alohida yondashuv talab etadigan xususiyatlari bor.
Tumanimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning yangi mexanizmlari
joriy etilayapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti, jinoyatlar uchun jazo
muqarrarligini taminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa, ularni keltirib
chiqarayotgan sabab va omillarini bartaraf qilish ham birdek muhimdir.
Shu bois, tumanning 77 maxallasidagi har bir koʻchasida, mahallasida,
bozorida, istirohat bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni yaratish choralari
koʻrilayapti.
Qadrli yurtdoshlar !
Oʻzlaringga maʼlumki tumanimizdagi Chodak,
Chorkesar, Qoʻshminor va boshqa maxalla xududlariga viloyatimiz hamda
respublikamizni boshqa mintaqlaridan yoz mavsumida dam oluvchilar oqimi
yildan-yilga koʻpaymoqda, bu holat tumanimizning “Tashrif qogʻozi”ga aylanib
ulgurdi.
Tumanimizda barcha soxada olib borilayotgan samarali ishlar natijasida
investitsiya muxiti rang barangligi oshmoqda va investorlar qiziqishini
oshirmoqda.
Oʻtgan yilgi dam olish mavsumida tumanimiz xududiga 10 dan ortiq davlatlar
va Respublikamizning turli viloyatlaridan 1 mln.dan oshiq sayyohlar tashrif
buyurganini koʻrishimiz mumkin.
Bu xizmat koʻrsatish sohalarini takomillashishiga va shu orqali tumanimiz
byudjetiga tushayotgan mablagʻlarni oshishiga olib kelmoqda.
Aziz vatandoshlar !
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz oldimizga
qoʻyganmiz.
Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi 1-son Qarori asosida jinoyatlarning
sabablarini “mahallabay” va “sohabay” muhokama qilish tartibi, mahallalarni
kriminogen darajasidan kelib chiqib toifalash tizimi, “mahalla yettiligi”
instituti, “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning
samarali profilaktikasini amalga oshirish orqali aholida xavfsizlik hissini
shakllantirish borasida qator chora -tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta oldini olish,
kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm joriy etildi,
mening rahbarligimda tuman prokuraturasida idoralararo
muvofiqlashtiruvchi shtab faoliyati
yoʻlga qoʻyildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi 77 ta mahallaning kriminogen vaziyati
ogʻir 10 tasiga masʼul rahbarlar nomma-nom biriktirildi.
Barcha mahallalarning choraklik manzilli chora - tadbirlar “yoʻl
xaritalari” ishlab chiqildi.
“Yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalardagi aholi
gavjum joylarga 200 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 3600 gradus aylanuvchi
10 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 55 ta, bozor va savdo
markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 9 ta, jami boʻlib 274 ga
yaqin kameralar, koʻp qavatli uylarning eshiklariga 60 dan ortiq domofonlar,
uylarning kirish yoʻlaklariga 30 dan ortiq tashvish tugmalari oʻrnatildi, 36 ta
savdo muassasalari va qariyb 381 ta xonadonlar tezkor qoʻriqlovga
olindi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud kamera nazoratida!”,
“Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi jami 681 ga yaqin
stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 30 ta “namunaviy xavfsiz koʻcha” hamda
60 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki yoʻllar va koʻchalar 175
ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Misol uchun, yil boshidan beri tumanda oʻrnatilgan kameralar yordamida qidiruvda yurgan 2 nafar, jazodan boʻyin
tovlab kelgan probatsiya hisobidagi 1 nafar jinoyatchilar. Shuningdek, bedarak
yoʻqolgan 1 nafar shaxslar topilib, 12 ta jinoyatlar “issiq izi”dan fosh
etildi.
Amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida
“qizil” toifada qolgan 10 ta mahallalarning 6 tasida kriminogen vaziyat
saqlanmoqda.
Davlat rahbarining Qaroriga asosan
hududlarda kriminogen vaziyat hamda jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha kunlik soʻrov va oʻrganishlarni
yoʻlga qoʻydik.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat oʻchoqlari joyida
oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan 24 ta oldini
olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sabablari tahlil qilinib, tegishli prokuror
taʼsir choralari qoʻllanildi.Eʼtibor berishingizni istardim. Bu ishlar bir
kunlik yoki bir martalik hisobot uchun qilinayotgan ishlar emas.
Tuman maxallalarida sodir etilgan jinoyatlar xususiyatini inobatga olgan
holda, 2 - chorak uchun yoʻl xaritalarni ham ishlab chiqildi.
Tumanda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaviy holatlarni bartaraf
etish boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibini joriy
etdik.
Bu borada farmoyish qabul qilib, barcha tezkor xodim-larni 77 ta
mahallalarga nomma-nom biriktirdik.
Har bir sohaga doir targʻibot ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar ishlab
chiqdik va tarqatdik.
Endilikda, biriktirilgan xodimlarimiz jinoyatlarning omil va sabablarini
oʻrganishdan tashqari oʻsha hududda
amaliy tadbirlarni ham oʻtkazadi.
Biz endilikda muammoning tub negizigacha yetib borib, “mahalla prokurori”
degan yondashuv bilan ishlaymiz.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha
dastlabki bajarilgan ishlar va
tahlillarning natijalariga qaratsam.
Birinchi, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati samaradorligini
oshirishda sohaviy nazorat kuchaytirildi.
Joriy yilning oʻtgan 2 - choragida 53 ta oʻrganishlar
oʻtkazilib, 96 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi. Bu ishlar
muntazam davom etadi.
Ikkinchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham, aholi ham koʻproq
eʼtibor berishi lozim boʻlgan hamkorlik
kuchaytirilishi kerak boʻlgan bir nechta jinoiy omillarga diqqat
qaratmoqchiman.
Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimizda insonlar koʻproq pul topish bilan
birga, noqonuniy boylik orttirishning yangi yoʻllarini ham oʻylab topmoqdalar.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati oshayotgani ham bunga
yaqqol misol boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda axborot
texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotganligi
tashvishli holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq idoralari ilgari
duch kelmagan kiber makondagi jinoyatlar salmogʻi
ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo etdi.
Maʼlumot uchun, tumanimizdagi jinoyatlarning 37 foizini axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tashkil etmoqda.
Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida birgina plastik kartalardan pul
mablagʻlarini yechib olish holatlari yuzasidan 52 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 22 tasi yoki 33 foizi
firibgarlik hamda 32 tasi yoki 68,2 foizi oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim boʻlmagan. Shu
sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun, internet ijtimoiy
tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan ehtiyot boʻlishlarini
hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz tumandoshlar!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi jinoyatlarning ayrim
turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 5 oyi yakuniga koʻra, Ayollar jinoyati
(3-2) kamaytirishga erishgan boʻlsakda yoshlar (75-63), muqaddam sudlanganlar
(2-2) jinoyati deyarli teng koʻrsatgichda qolgan, mast holda (0-1), ishsizlar
(0-4), guruhlar (2-3), voyaga yetmaganlar (1-3), yoshlar (8-19) jinoyatilari
esa biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan huquqbuzar-liklarga
oilaviy- maishiy muammolar asosiy sabab boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning mavjud muammolarini
bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen vaziyati ogʻir
mahallalarda 374 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar aniqlanib, ularning
muammolarini hal qilish boʻyicha 332 ta choralar koʻrildi.
Ushbu jarayondan muqaddam sudlangan
va maʼmuriy nazoratdagi shaxslar ham chetda qolmadi.
Ularning 3 nafari kasb-hunarga oʻqitildi, 21 nafarining bandligi
taʼminlandi, 12 nafarining ijtimoiy muammolari hal etildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga umummillat ishi deb
yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Faqat jinoyat uchun jazoni taʼminlash bilan ovora boʻlib, jinoyatlarning
sabab va omillarini koʻzdan qochirsak oqibati yomon boʻladi.
Shu kabi, voyaga yetmaganlar jinoyatiga favqulodda holat sifatida qaralib,
ularga taʼlim va tarbiyani berishda majburiyatlarini bajarmagan ota-ona hamda
yashash va oʻqish joylaridagi (mahalla yettiligi) mutasaddilarining
javobgarligi kuchaytirildi.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar profilaktik (davomat,
tigʻ va reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan 38 nafar bolalar, muntazam dars
qoldiruvchi 14 nafar, tarbiyasi ogʻir 108 nafar oʻquvchilar aniqlandi. Ularning
67 nafari maktablarga qaytarildi.
Qolaversa, hokimlik va mahalla faollari bilan birgalikda ota-ona
qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda boquvchisini yoʻqotgan bolalarning 35 ta
muammosi hal qilindi.
Maktabgacha va maktab taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga
xavfsizlikni taʼminlovchi 35 ta zamonaviy kameralar oʻrnatildi.
Tahdidlardan yana bittasi, bu yoʻl voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir
boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalaridir.
Bu yoʻnalish bilan bogʻliq jinoyatlarni biz kengroq tahlil qildik.
Raqamlarga qarasak, ohirgi ikki yilda qariyb 1 ta holatda (2023-y. 1 ta,
2024-y. 0 ta, 2025-y. 0 ta) voyaga yetmaganlar tomonidan yoʻl-transport
hodisalari sodir etilgan.
Umuman olganda yoʻl-transport hodisalari oqibatida oʻtgan 2024-yilning oʻzida
voyaga yetmaganlarning 1 nafari vafot etgan, 2 nafari esa ogʻir tan jarohati
olgan.
Joriy yilda esa, 2 nafari tan jarohati olgan.
Shuning uchun biz bu borada kengqamrovli tadbirlarni belgilab oldik.
Hurmatli ota-onalar !
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aziz farzandlaringizni majruh va nogiron
boʻlib qolmasliklari uchun avvalo ularning tarbiyasi va taʼlim olishiga alohida
eʼtibor qaratishingizdan umidvormiz.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari ham koʻrilmoqda.
Zero, sir emas korrupsiya har bir sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga barham berish yoʻlida
qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda men butun
tumanimiz axlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Barcha tashkilotlar boʻyicha tahlillar oʻtkazilayapti, mana shu iyun oyining oʻzida yuqori idoralarga,
aholiga xizmat koʻrsatish, idoralarning boshqaruv tartibini yaxshilash bilan
bogliq 10 dan ortiq takliflar ishlab chiqildi va yuborildi.
Hurmatli fuqarolar !
Juda koʻp masalalarda ish uslublarimiz oʻzgarishi zarur, buning ustida
ishlayapmiz. Prezidentimiz talab qilayotgan,
jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning sabablarini, huquqbuzaliklarga
imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf
qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan birgalikda harakat qilishimiz
kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik
omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga
moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay” ish tizimini
joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va
psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda “jinoyatchilikka qarshi
immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar !
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak va hamkorlikda
jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga kafolat beradi.
Shunday ekan aholi va keng jamoatchilikni jinoyatlarni oldini olishga hamda
ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka
chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va oldi olinishida
xalqimizdan masʼuliyat, tashabbuskorlik hamda
daxldorlik hissi bilan yondoshishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd
etamanki, jinoyatning har qanday koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat
bildirishga, jinoyatga qoʻl urganlarga nisbatan jazoning muqarrar
taʼminlanishiga shaxsan kafolat beraman.
Pop tuman prokurori X.Rapiqov va
tuman IIB boshligʻi O.Jabborov