8 Noyabr 2025 yil 230

Uchqo‘rg‘on tumanida aholi osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida olib borilayotgan tungi xizmat faoliyati o‘rganildi

Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan har bir shahar va tuman hududida xizmat faoliyatining samaradorligi bosqichma-bosqich o‘rganilib, aniqlangan holatlar chuqur tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ham ko‘zdan kechirilmoqda hamda masʼul xodimlar va mutaxassislarga zarur ko‘rsatmalar berilmoqda.

Jumladan, bugun Uchqo‘rg‘on tumanida tuman hokimi ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonlarida dastlab “Dehqonobod” mahallasi va unga tutash hududlarda tungi naryadlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, mazkur mahalla profilaktika inspektorining xizmat faoliyati tahlil qilinib, ko‘p qavatli uylar hududida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tuman markazidagi “Yoshlar bog‘i”da amalga oshirilgan xavfsizlik chora-tadbirlari hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishidagi ishlar holati o‘rganildi.

Bundan tashqari, tuman IIBning navbatchilik qismi, vaqtincha saqlash hibsxonasi va kuz-qish mavsumida faoliyat yurituvchi ishchi guruh faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida tungi xizmatni samarali tashkil etish hamda xodimlarning masʼuliyatini oshirishga doir ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan bir qatorda, ishchi guruh aʼzolariga mavsumni betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlashni nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.

Mazkur kabi o‘rganish va tahlil ishlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech